Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“VATANIM BAYROG‘INI BALAND KO‘TARAMAN!”
2023-11-10 13:07:17 215
#Qo‘shtepa_tumani
#Manaviyat_marafoni
Prezidentimizning “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” deya ta’kidlagan ezgu da’vatlari asosida, bugun mamlakatimizda ilk bor “Ma’naviyat marafoni” bo‘lib o‘tmoqda.
Barcha joylarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham erta tongdan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi
“Ma’naviyat marafoni”ga start berildi.
Mazkur yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazishga tumanimizda puxta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, tadbirning ochilish marosimi Madaniyat markazida “Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taraman!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegish idoralarning mas’ullari, shuningdek faol yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, barchani bayram bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng Madaniyat bo‘limining xonandalari tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz tumanimiz bo‘ylab mazkur loyiha doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob - bilim bulog‘i”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim – faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol buyicha “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “Etakchi ekspress”, “Sport - tinchlik elchisi” kabi mavzularda 11 ta aktsiya, ko‘rgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiyadabiy kechalar, sport musobaqalari hamda kontsert dasturlari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, “Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot!” loyihasi doirasida barcha ta’lim muassasalarida birinchi dars O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlanib, maktab hovlisida bayroq ko‘tarish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tuman Madaniyat bo‘limida “Bu kitobni har bir inson o‘qishi kerak” g‘oyasi ostida kitoblar ko‘rgazmalarini tashkil etish va
“Milliy qadriyatlar millat ko‘rki” shiori ostida milliy liboslar ko‘rgazmasini o‘tkazish hamda tumandagi barcha umumta’lim maktablarida sobiq o‘quvchilar ishtirokida “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aktsiyalari bo‘lib o‘tmoqda.