Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“VODIY MUKAMMAL” MCHJDA 60 NAFARDAN ZIYOD ISHSIZ XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA’MINLANDI
2023-11-10 08:08:56 264
Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Voddiy Mukammal” mas’uliyati cheklangan jamiyati hotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ushbu korxona ish boshlagach hududdagi ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonaning umumiy qiymati 5,0 mlrd.so‘m bo‘lib, jami mablag‘lar tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Loyihaning yillik quvvati 100,0 ming juft bo‘lib, loyiha to‘liq ishga tushganda 150 nafar ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda korxonada 60 nafardan ziyod xotin-qizlar faoliyat olib borishmoqda.
– Bizga ushbu korxonada qisqa vaqt ichida tikishni o‘rgatishdi. Hozirda bemalol poyabzal mahsulotlarini tayyorlamoqdamiz. Ishlashimiz uchun qulay sharoitlar yaratilgan, oylik maoshimizni o‘z vaqtida berishmoqda. – deydi M.Qodirova.
Korxonada foydalanilayotgan xom-ashyo mahalliy o‘zimizda mavjud. Endilikda korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish ham rejalashtirilmoqda.