Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ABDURAXMON QODIROV HOKIM YORDAMCHISI TAVSIYASIGA ASOSAN 16.9 MLN SO‘M IMTIYOZLI KREDIT OLIB, TADBIRKORLIK FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YDI
2023-11-10 08:04:50 257
Qo‘shtepa tumanining Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Abduraxmon Qodirov bir necha yillar mavsumiy ishlarda ishlab kelgan. U mahalla hokim yordamchisi Sherzodbek Raxmonovga murojaat qilib, xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan. Hokim yordamchisi bu tashabbusni maqullab, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 16.9 mln so‘m imtiyozli kredit hisobiga metal mahsulotlaridan buyum yasash uchun asbob-uskunalar olishida ko‘maklashdi.
Hozirda fuqaroning bandligi ta’minlandi. Qolaversa 2 ta ishchi o‘rni ham yaratildi. Metal mahsulotlaridan buyum yasashni yo‘lga qo‘ygan Qodirovlar oilasi endilikda hududdagi tadbirkorlarning biriga aylanib, oila byudjetiga daromad keltira boshladi.