Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ISHCHI GURUH TOMONIDAN MAVJUD MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
2023-11-07 12:53:11 345
#Kuz_qishga_tayyorgarlik
Qo‘shtepa tumanida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, shuningdek “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha belgilangan reja asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan ishchi guruh tomonidan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari holatlari o‘rganildi.
O’rganishlar davomida Sihatgoh ko‘chasidagi yangi cheklarda joylashgan xonadonlarning kuz-qish mavsumida qiynab kelayotgan elektr ta’minotidagi muammolari o‘rganildi. Tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan TP dan yangi fider chiqarib tarmoq tortildi va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.