Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TINCHLIK-HOTIRJAMLIK OLIY NE’MAT

×

 2023-11-03 16:10:43    439

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tuman hokimi I.Novikov bilan tumanda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha belgilangan reja asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, 1-sektor hududidagi mahallalarning mas’ullari, shuningdek, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

Tuman rahbari eng avvalo hozirgi kunda butun dunyoda katta tashvish va xavotir uyg‘otayotgan masalaga to‘xtalib o‘tdi hamda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga bildirgan munosabatini ishtirokchilarga o‘qib eshittirdi.

Muloqot davomida bugungi kunda tinch-osuda osmon ostida yashayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligi haqida ham so‘z bordi.

Shuningdek, tuman hokimi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha belgilangan reja asosida olib borilayotgan ishlar va rejalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Bunday tadbirlar barcha sektorlarda, shuningdek, tuman hokimi I.Novikov ishtirokida 2-IDUMIda ham o‘tkazildi.










 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram