Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI MASLAHATCHISI - “NURONIY” JAMG‘ARMASI TUMAN BO‘LIMI RAISI SIDIQJON YO‘LDASHEVNI BARCHA NURONIYLARIGA MUROJAATI

×

 2023-11-01 14:27:28    379

PDF yuklash
Chop etish



 Yangi O’zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!

Aziz nuroniylar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yaqinda BMT minbaridan insoniyat hayotiga tahdid solayotgan uchta inqiroz – iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etishga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Jumladan, 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb e’lon qilindi.

Doimo ona tabiat bilan uyg‘un va hamohang bo‘lib, atrof-muhit sofligi va barqarorligini saqlashga intilib keladigan ko‘pmillatli xalqimiz nomidan Prezidentimizning ana shu tashabbuslaridan ruh olib, barchangizni, butun el-yurtimizni “Yangi O’zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani biz tumanimiz nuroniylari qo‘llab-quvvatlaymiz.

Dono xalqimizda: “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan purma’no hikmat bor.

Shunday ekan, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, oilada farzand dunyoga kelganida unga atab ko‘chat ekish, hashar yo‘li bilan bog‘-rog‘lar yaratish, imoratlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu an’analarimizga ko‘ra har bir xonadon tomonidan 20 tup ko‘chat ekish va o‘stirish tashabbusini ilgari suramiz.

Muhtaram nuroniylar!

Sizlarning boy hayotiy tajribangiz, duo va tilaklaringiz xalqimiz uchun hamisha katta tayanch va suyanch bo‘lib kelmoqda.

Tumanimizning 19 mingdan ortiq nuroniylaridan mahallalarda “Yashil makon” doirasida yoshlarga ko‘chat ekish sirlari, parvarishi bo‘yicha zaruriy yo‘l-yo‘riqlar berib, xayrli ishga bosh-qosh bo‘lasizlar degan umidamiz.

Nuroniylarimizning har biri 1 tupdan ko‘chat eksa va har bir nuroniy o‘z yoniga 10 nafar yoshni jalb qilsa, bu 5 mln tup ko‘chat demakdir.

Har birimiz o‘z tajribmizdan va ko‘chatlarni tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib ekilishi, ekilgan ko‘chatlarni o‘sishi, tabiat musaffoligini, asrash xalqimizni dasturxoniga mo‘l ko‘lchilik olib kelishi uchun yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etishimiz lozim.

Zero, Siz va bizning bugun ekkan nixolimiz o‘zimizning ertangi kunimizga, farzandlarimizning porloq kelajagiga bo‘lgan mustahkam ishonchimizning belgisi bo‘ladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram