Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
2023-10-31 14:48:31 380
Qo‘shtepa tumanidagi ishchi guruh tomonidan joylardagi ijtimoiy sohalar ob’ektlari va aholi yashash joylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
Jumladan, bugun ishchi guruh tomonidan Baland masjid MFY hududida joylashgan 85-Oilaviy poliklinikada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolati o‘rganildi. O’rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, bu borada ta’sirchan choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar bartaraf etildi. Hududdagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida esa “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida 40-tup mevali daraxt hamda ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekildi.