Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 139 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANINING “SHOMIRZA” MAHALLASI YANGICHA QIYOFA KASB ETDI

×

 2023-10-28 21:35:33    406

PDF yuklash
Chop etish



 

Yuqorida ta’kidlanganidek, bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyevlar “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari hayotga tatbiq etilgan “Shomirza” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Viloyat sektorlari, boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, tuman sektorlari rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Shomirza” mahallasida amalga oshirilgan ishlarni qolgan shahar va tumanlarda tanlab olingan mahallalarda hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan amaliy seminar ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida Shomirza MFYda yashovchi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi 18 nafar fuqarolarga tikuv mashinasi, motokultivator, beton qorishma tayyorlovchi dastgoh, pishiriq pechi va akfa eshik-rom kesuvchi dastgohlar Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlikka ko‘maklashish jamg‘arma mablag‘lari hisobidan topshirildi.

“Shomirza” mahallasida dastlab 904 ta xonadon, mavjud 12 ta ko‘cha va hududdagi tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan xatlovga binoan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlarining chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Chuqur tahlillardan so‘ng muammolar, uni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, sarflanadigan mablag‘lar, moliyalashtirish manbasi, ijro muddati, mas’ullar aniq-tiniq belgilab olindi. Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamiga dehqonchilik qilish uchun yer maydoni, asbob-uskunalar uchun subsidiyalar ajratish, bandligini ta’minlash, moddiy yordam berish va hokazo ko‘maklar uchun mablag‘lar moliyalashtirildi.

O’tgan qisqa davrda “Obod xonadon” mezoni asosida muammosi aniqlangan 817 xonadonning 743 tasida qaytadan qurish, tashi va ichi, tom qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ayniqsa, ehtiyojmand oilalar istiqomat qilayotgan 29 ta qo‘rg‘onni kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilishda tuman tashkilotlari ko‘rsatgan beminnat yordamdan hammaning ko‘ngli ko‘tarildi.

Mahallada bo‘lgan odam har bir xonadonda, ko‘chada obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganining guvohi bo‘ladi. 725 ta xonadon ahli tomorqadan unumli foydalanishi uchun ikkita oqava suv qudug‘i qurishga kirishilganidan benihoya minnatdor. Aholi, ayniqsa ichimlik suvi keltirilayotganidan xursand. Hozirgacha 3,6 kilometr hajmda qazish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 3,4 kilometrda quvurlar payvandlab  bo‘lindi.

Mahallada 308 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lsa, ularning asosiy qismi joyiga qo‘yildi, to‘qqiz kilometr masofaga elektr tarmog‘ini tortish ishlari davom etayotir. Hududdagi 10 ta transformator punktlari ta’mirdan chiqarildi.

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, shag‘allashtirish ishlari ham jadal olib borilyapti. Yo‘llarning to‘rt kilometriga asfalt yotqizildi va bu harakatlar to‘xtagani yo‘q. Rejalashtirilganidan ancha ko‘p—4,3 kilometr masofadagi yo‘l shag‘allashtirildi. Mahalla darvozasi qurildi, fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlanib, old qismi zamonaviy qiyofaga keltirildi. “Chinobod” ko‘chasida bolalar maydonchasini qurish ishlari ham o‘z nihoyasiga yetkazildi.

Belgilangan chora-tadbirlar rejasida mahalladagi ijtimoiy ob’ektlarda olib boriladigan bunyodkorlik ishlari ko‘zda tutilgan. Xususan, 39-maktabgacha ta’lim muassasasi binosini joriy ta’mirlash, xom g‘ishtdan qurilgan 30-MTM binosini rekonstruktsiya qilish, 23-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun sport zali qurish hamda joriy ta’mirlash, hududdagi chim ustida xokkey turiga qiziquvchi yoshlar uchun sport maktabi barpo etish ham rejalashtirilib, muddatlari, moliyalashtirish manbalari belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, o‘tgan qisqa davr mobaynida mahallada ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari ham o‘tkazildi.

Bugun viloyat hokimi bilan muloqotda xonadondan boshlangan obodlikdan o‘z mamnuniyatlarini izhor qilgan aholi vakillari, xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsad yo‘lida ish olib borayotgan Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.

















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram