Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-10-27 21:10:24    388

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ilyosbek Novikov olib bordi.

Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Shuningdek sessiya davomida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Iqboljon Xamroqulov,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Zokirjon To‘laganov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Ibroximjon Akbarov, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldashevalarning axborot va hisobotlari ham tinglandi.

Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram