Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI OLGAN XOTIN-QIZLAR TIKUVCHILIK FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YMOQDA
2023-10-27 11:03:50 660
Qo‘shtepa tumanida 2023 yilda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek ehtiyojmand oila vakillari bo‘lgan 67 nafar xotin-qizlarga Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatilgan.
Xususan, “Loyson” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 3 nafar ayollarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan. Hozirda ular o‘z xonadonlarida buyurtma asosida ayollar kiyimlari, ko‘rpa va to‘shak qoplamalari tayyorlab mahalliy bozorlarga sotib daromad topmoqdalar.
Yaqinda Inoqlik ko‘chasida yashovchi, “Ayollar daftari”ga kritilgan fuqaro Maxfuzaxon Radjapovaga ham subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Maxfuzaxon ham oilasiga daromad olib kirish maqsadida o‘zining tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Shuningdek, mahalladagi kam ta’minlangan va ehtiyojmad xotin-qizlarning 3 nafariga 1 sotix yerga subsidiya asosida issiqxona qurib berilgan bo‘lib ularning bandligi ham ta’minlangan.