Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” SHIORI OSTIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2023-10-26 14:59:00    335

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi “Global Textile Infinity” MChJda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Mo‘ydinjon Xolmatov, Respublika ma’naviyat targ‘ibotchisi Sherzodjon Turdiboyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani vakili Sultonxon Nuriddinov hamda korxonaning ishchilari ishtirok etdi. Tadbirda ishtirokchilarga diniy ekstremizm hamda psixotrop moddalarning insonga salbiy ta’siri haqida videofilm namoyish etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar qonli urushlar, harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanjaga olishlar o‘rniga mafkuraviy vositalar va ma’naviy “qurol”lar vositasida odamlarning tafakkuri, ongi va dunyoqarashini egallashga urinishlar tobora ko‘zga tashlana boshlashi, bu kurashda boshqa hudud va xalqlarni o‘ziga qaram qilish uchun ochiq ko‘rish va sezish qiyin bo‘lgan usul va vositalar, xususan, ma’naviy buzg‘unchilik uslublari qo‘llanilmoqda deya ta’kidlab o‘tishdi.

Bu kurashning mohiyati fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyilida olib boriladi. Yurtimizdagi barqaror ijtimoiy – iqtisodiy vaziyat, kuchli ijtimoiy siyosat, milliy g‘oya negizida mafkuraviy tarbiya va ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot ishlari, xalqimizning o‘z e’tiqodiga sodiqlik tamoyillarini allaqachon aniq belgilab olganligini ta’kidlash lozim.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram