Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI”DAGI 30 NAFAR XOTIN-QIZLARGA TIKUV MASHINALARI BERILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/a56f53e8cc6589873a5d3.jpg)
2023-10-25 13:49:13 246
![](https://telegra.ph/file/a56f53e8cc6589873a5d3.jpg)
Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda mavjud muammolarini hal etish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
![](https://telegra.ph/file/6ce5e4c6674960d9310dc.jpg)
Xususan, bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ullar ishtirokida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga olingan 30 nafar xotin-qizlarga subsidiyaga tikuv mashinalari topshirildi. Ushbu tikuv mashinalari “Ayollar daftari” jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 30 nafar ayollarni bandligini ta’minlash maqsadida berildi.