Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI QO‘SHTEPA TUMANIDA HAM QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA
2023-10-24 12:36:47 354
Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zda tutuvchi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar Qo‘shtepa tumanida ham qizg‘in olib borilmoqda.
Jumladan, tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan, chaqiriqlarga o‘z vaqtida javob berish maqsadida “Xotin-qizlar yashil makon uchun” shiori ostida ilg‘or ayollar tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir 1-sektor hududidagi Qiyqi MFY hududida tashkil etilib, mahallalarning xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari M.Yuldasheva ham qatnashdi.
Tadbir davomida ko‘p yillik manzarali gullar ekildi. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.Tadbirlar tumanimiz bo‘ylab uyushqoqlik bilan davom etmoqda.