Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BALAND MASJID” MAHALLASINING INFRATUZILMASI YANADA YAXSHILANMOQDA

×

 2023-10-24 08:15:09    343

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi “Baland masjid” mahallasining infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq “Baland masjid” mahallasida aholining suv va yo‘l bilan bog‘liq muammolari hal etilmoqda.

Xususan, ushbu loyiha uchun 4 milliard 382 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mahallada 12.8 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish, bir dona suv minorasi o‘rnatish hamda bir dona suv minorasini rekantruktsiya qilish kabi ishlarni bajarilishi rejalashtirilgan.

Hozirda mahallada ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nixoyasiga yetib bormoqda. Qolaversa, loyiha doirasida 13 ta ko‘chalarning 14.2 km qismini asfaltlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunlarda tekislash va ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan yo‘l chetlarida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram