Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AJRATILAYOTGAN IMTIYOZLI KREDITLAR HISOBIGA XOTIN-QIZLARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
2023-10-23 14:58:12 360
Yurtimizda ayollar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bu borada duch kelayotgan muammolariga yechim topish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanida ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning bandligi ta’minlanmoqda.
Masalan, mahalladagi hokim yordamchisining ko‘magi bilan Yo‘ldoshobod MFYda yashovchi Dildoraxon Turdaliyevaga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan tikuv mashinasi olib berilib, uning bandligi taminlandi. Shuningdek, Nurafshon MFY hududida yashovchi Moxiraxon Toshtemirovaga esa imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 10 bosh naslli qo‘y olib berilib, uning bandligi ham ta’minlandi.
Ta’kidlash joizki, xotin-qizlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar hisobiga mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik, parrandachilik, issiqxona, asalarichilik, hunarmandchilik orqali o‘zini o‘zi band qilish hamda boshqa sohalarni yanada rivojlantirishga puxta zamin yaratilmoqda.