Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
2023-10-20 14:20:39 441
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Qoraqushchi, Katta beshkapa va Kichik beshkapa mahallalaridagi tibbiy yordamga muhtoj aholi qatlami uchun “Beshkapa” ShXUda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik ishtirokchilari uchun arzonlashtirilgan oziq- ovqat mahsulotlari yarmarkasi va hududdagi ishsiz aholi uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
Tadbirda pediatr, lor, terapevt, akusher ginekolog va boshqa 20 nafar mutaxasisslar ishtirok etishdi. Tibbiy ko‘rikda aholi UTT, EKG tekshiruvidan ham o‘tkazilib, tegishli tartibda tavsiya va yo‘llanmalar berildi.