Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANA BIR OILANING BANDLIGI TA’MINLANDI
2023-10-19 08:13:26 498
Qo‘shtepa tumanidagi Solijonobod mahallasida yashovchi Abdumajid Jalilov bir necha yillardan beri mavsumiy ishlarda ishlab kelgan edi. U joriy yilning oktyabr oyida mahalla hokim yordamchisi Sherzodbek Raxmonovga murojaat qilib, xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi borligini bildirdi.
Hokim yordamchisi albatta bu tashabbusini maqulladi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kredit ajratilib, ozuqabop maxsulotlar ishlab chiqaruvchi mini tegirmonlar olib berildi va Abdumajid Jalilovning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashildi. Natijada ushbu oilada yashovchilarning ham bandligi ta’minlandi. Endi Jalilovlar oilasi ham hududdagi tadbirkor oilalarning biriga aylanib, oila byudjetiga daromad keltira boshlashdi.