Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 142 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO‘SHTEPA DALALARIDA TERIM MASHINALARI

×

 2023-10-13 11:29:57    456

PDF yuklash
Chop etish



Ilgarilari paxta mavsumini qudratli mashinalarsiz tasavvur etib bo‘lmasdi. Keyingi paytlarda esa ularni dalalarda uchratish amrimahol bo‘lib qolgandi. Vanihoyat, Qo‘shtepa paxtazorlarida ham eng zamonaviy terim agregatlari kuzatilmoqda. “Farg‘ona global tekstil” paxta-to‘qimachilik klasteri bu yil Amerikaning bir kunda qirq tonnagacha paxta teradigan qudratli terim agregatlarini sotib oldi. Bugun klaster dalalarida yuqori unumli “KEYS-III” va “JONDER” terim mashinalari kuniga 25-30 tonnadan paxta termoqda. Paxtani mashinada terish tajribasini o‘rganish uchun qo‘shni tumanlardan mutaxassis va fermerlar tashrif buyurmoqdalar.

– Mavsum qizigan paytda terimchilar o‘rtacha 100 kilogrammdan paxta tergan bo‘lsalar, bitta texnikaning o‘zi har kuni 250-300 terimchining ishini uddalab qo‘yyapti desak, xato bo‘lmaydi – deydi, 15-bo‘lim boshlig‘i Qo‘chqorali Husanov. – Avvalo klaster dalalarida, xususan bo‘limimizning 72 gektar maydonida ham chigit 90x90 sxema asosida ekilib, defoliatsiya qilindi, bir so‘z bilan ayganda, mashina terimiga moslashtirildi. Endi fermerlar ham paxtani mashinabop qilib eksalar, qo‘l kuchiga zoriqmaydilar. Klasterdan mashinani ijaraga olishlari mumkin. Terimchilar esa tozalov uchun zarur bo‘ladilar.





 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram