Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA
2023-10-13 08:38:23 493
Qo‘shtepa tumanining “Shahartepa” mahallasida yashovchi Rahimjon Hakimov oliygohni bitirib, o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ish faoliyatini rivojlantirish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit evaziga hayvonlarni ichki kasalliklarini barvaqt aniqlash va diagnoz quyish uchun mo‘ljallangan UZI apparati olib ish yuritmoqda.
- Yurtimizda biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan men ham foydalandim. Ish faoliyatimni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zimning kichik tadbirkorligimni boshladim. Bu albatta, oilamiz daromadiga qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. Keyinchalik faoliyatimni kengaytirish niyatidaman, - deydi Rahimjon Hakimov.