Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AHOLI BANDLIGIGA HOKIM YORDAMCHILARI KO‘MAKLASHMOQDA
2023-10-11 08:36:40 517
Qo‘shtepa tumani “Borot” MFYda yashovchi Mirzoxid Saidmurodov yog‘ochni qayta ishlovchi oilaviy korxona tashkil etish uchun mahalladagi hokim yordamchisi Maqsudxon Saidazimov ko‘magida 33 million so‘m bank krediti oldi. Qisqa fursat ichida ish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor tomonidan 2 nafar fuqro doimiy ish bilan ta’minlandi.
Shuningdek, “Shahartepa” MFYda yashovchi Abdusattor Xusanchayevga ham mahalladagi hokim yordamchisi Mirzoxidjon Hakimov ko‘magida 30 million so‘m imtiyezli kredit ajratilib, issiqxona barpo etildi.
Hozirda ushbu issiqxonada ikkinchi ekin sifatida bodring mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ayni damda hosilga kirgan mahsulotlar aholiga arzon narxlarda yetkazib berilmoqda.