Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"MUQADDASIM, MUNAVVARIM ONA TILIM" MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

×

 2023-10-10 13:49:32    515

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sananing 34 yilligi munosabati bilan "Ona tilim, jon-u dilim" shiori ostida "Muqaddasim, munavvarim ona tilim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar va qo‘shiqlar, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan raqslar, sahna ko‘rinishlari so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Zulfiyaxonim sherlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.

O’zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan.

Shuningdek, shu kabi tadbirlar 17-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda 6, 8-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bo‘lib o‘tdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram