Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

20 SOTIX TOMORQADAN 50 MILLION SO‘M DAROMAD

×

 2023-10-10 08:21:08    538

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda kichik tomorqadan har mavsumda katta daromad olayotganlar juda ko‘p. Qo‘shtepa tumanining Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Arabboy Ma’mirov ham ana shunday uddaburon dehqonlardan.

Arabboy Ma’mirov tomorqadan samarali foydalanish orqali, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. U bu yil 20 sotix yer maydoniga afsonaviy xrizantema navli gul ko‘chatlarini ekdi. Astoydil qilingan mehnat esa o‘z samarasini berib, tomorqaga ekilgan gullar alvon rangda ochildi.

Mirishkor dehqon Arabboy Ma’mirov ayni kunlarda yetishtirilgan gullarni donasini 5 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha sotmoqda. Bu yil 50-60 million so‘m daromad olishni ko‘zlagan. Kelgusi yildagi reja esa gul yetishtiriladigan maydonni yanada kengaytrish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishdir.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram