Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOLIJONOBOD MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI BARTARAF ETILDI
2023-10-09 11:02:08 524
#Islohotlar_amalda
Qo‘shtepa tumanidagi Solijonobod MFY hududida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 408-sonli qaroriga asosan toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirildi.
Dastur doirasida 5,3 kilometr transheya qazildi va 5,3 kilometr tarmoq tortildi. 2 dona suv nasosi o‘rnatilib, markaziy suv inshootidagi binolar ta’mirlandi. Shuningdek, inshoat hududi to‘liq asfaltlashtirildi.