Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR SUD VA UCHRASHUV
2023-10-05 14:23:05 692
Jinoyatlarning oldini olishda mahallaning rolini oshirish shart
Qo‘shtepa tumandagi 15-sonli Bolalar musiqa maktabida Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari Adliya vaziri boshqarmasi boshlig‘i O.Nazarov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev, viloyat sudi raisining o‘rinbosari O.Xasanovlar bilan qizil hududdagi “Langar” va “Shodlik” mahallasi fuqarolari ishtirokida sayyor sud va uchrashuv o‘tkazildi.
Unda mahallalardagi IIB Probatsiya ro‘yxatida turuvchi shaxslar, MFY raislari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar va mahalla faollari, FIB sudlari tomonidan yarashish uchun muhlat berilgan ajrashish istagidagi oilalar hamda Profilaktika inspektorlari, shuningdek asosiy ishtirokchi sifatida yoshlar qatnashdi.
Uchrashuv davomida ishchi guruh a’zolari fuqarolar bilan jinoyatchilikning oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida suhbat qilib, aholining takliflarini ham eshitdi.