Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISHCHI GURUH A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-10-05 14:14:53    502

PDF yuklash
Chop etish



Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari Adliya vaziri boshqarmasi boshlig‘i O.Nazarov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Buriyev, viloyat sudi raisining o‘rinbosari O.Xasanovlar bugun Qo‘shtepa tumanida bo‘ldilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida ishchi guruh a’zolari bilan tumandagi tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va yoshlar, mahalla yoshlar yetakchilari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar, “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, IIB probatsiya ro‘yxatida turuvchi voyaga yetmagan shaxslar hamda yil mobaynida huquqbuzarlik sodir qilgan voyaga yetmagan shaxslarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ul idoralarning rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Mazkur ishchi guruh a’zolari tomonidan mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi. 

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning taklif va qiziqtirgan savollariga ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishlicha javoblar berildi.

 












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram