Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI “TUSHLIK OVQATI VAQTIDA VA YETARLI BERILMAYAPTI” NOMLI SARLAVHA BILAN YO‘LLANGAN MUROJAATGA MUNOSABAT

×

 2023-10-04 15:42:18    365

PDF yuklash
Chop etish


 


Qo‘shtepa tumanidagi “Xavasmand Qorajiyda” va “J.Jaxonov Do‘rmon” MMTP hududlarida paxta yig‘im terimida ishtirok etayotgan barcha terimchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.

Mavsum boshidan 24 sentyabrgacha terib olingan har bir kilogram paxta uchun 1500 so‘mdan, 25 sentyabrdan boshlab terilgan paxtaning har bir kilogrami uchun 1800 so‘mdan terim puli ajratilib, kunma kun fermer xo‘jaliklari hisob raqamlariga o‘tkazilmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan esa bank ish kunlari terim pullari dala maydonlariga borib terimchilarga tarqatib berilmoqda. 

Hududning aholi yashash joylaridan uzoq bo‘lgan paxta dalalariga terimchilarni olib borish va olib kelish uchun transport vositalari ajratilgan. Hududdagi fermer xo‘jaliklarining o‘z saloxiyatidan kelib chiqqan xolda terimchilarni rag‘batlantirish va terim saviyasini oshirish maqsadida ma’lum bir normadan ortiq paxta tergan terimchilar iste’mol yog‘lari va boshqa sovg‘alar bilan rag‘batlantirilmoqda.

Shuningdek, hududlarga biriktirilgan tuman mas’ullari va rahbarlar hududlardagi shart-sharoitlarni joyiga borib muntazam ravishda o‘rganilayotganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram