Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TURDALIYEV MADAMIN” FERMER XO‘JALIGI PAXTA TAYYORLASH SHARTNOMA REJASINI BAJARDI
2023-09-30 18:12:05 591
Qo‘shtepa tumanidagi “Turdaliyev Madamin” fermer xo‘jaligi har yili birinchilar qatorida davlatga paxta topshirish shartnomasini ortig‘i bilan bajarib kelmoqda. Bu yil ham xo‘jalik a’zolari paxtadan mo‘l hosil olishga erishdilar. Shu munosabat bilan bugun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonovlar ham ishtirok etishdi.
Tuman rahbari fermer xo‘jaligi a’zolarini erishilgan g‘alaba bilan tabriklab, terimchilarga minnatdorchilik bildirdi va sovg‘alar topshirildi.
Shuni takidlash joizki, tumanda paxta yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.