Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FOTOREPORTAJ: QO‘SHTEPADA “O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI“ BAYRAMI KENG NISHONLANDI

×

 2023-09-30 11:30:56    510

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani markazidagi “Rayyon” tantanalar majmuasida “O’qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport sohalarida uzoq yillar yosh avlod ta’lim-tarbiyasida beminnat xizmat qilgan faxriy ustozlar, yosh pedagog va murabbiylar ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirida so‘zga chiqqan tuman hokimi I.Novikov barcha o‘qituvchi va murabbiylarni samimiy muborakbod etib, keyingi yillarda mamlakatimizda xalq ta’limiga alohida e’tibor berilayotganligini, bundan pedagoglar nihoyatda mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim sohasida olib borayotgan ishlari va mehnati uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan kontsert dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.






















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram