Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPANING MOHIR TERIMCHI YOSHLARI ANIQLANDI
2023-09-28 08:39:12 347
Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limining tashabbusi bilan “Ma’rufjon baraka” fermer xo‘jaligida tumandagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Eng ilg‘or terimchi” tanlovi o‘tkazildi.
Uch kun davom etgan tanlovda 300 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra Paxtakor mahallasidan qatnashgan Muxayyo Xoshimova 584 kilogramm paxta terib birinchi o‘rinni egalladi. Soybo‘yi mahallasida yashovchi Dilorom Karimova 492 kilogramm paxta terib ikkinchi, qamishtepalik Nargiza Tojiboyeva esa 383 kilogramm paxta terib uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.