Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAOL TADBIRKORLAR YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2023-09-23 11:55:14    484

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, erishayotgan amaliy natijalari bilan viloyatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib, jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shtepa Prezident maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘shtepa tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar “Vodiy naslli quyonlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari “Shuhrat” medali sohibi Nuriddin Iminov hamda “Sharq ravon” MChJ ish boshqaruvchisi Hamidullo Qurbonovlar qatnashdi. 

Mazkur uchrashuvda endigina tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, shuningdek, tadbirkorlikka qiziqish bildirayotgan qo‘shtepalik yoshlar ishtirok etdi.

– Aslida quyonchilik bilan 2016 yildan buyon shug‘ullanib kelaman, – deydi yoshlar bilan bo‘lgan muloqotda “Vodiy naslli quyonlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nuriddin Iminov. – Dastlab ishni Italiyadan keltirilgan 68 bosh naslli quyon boqishdan boshlaganman. Quyonchilikning serdaromad yo‘nalish ekanligini bilib, yanada qiziqishim ortdi. Shu bilan birga, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha chiqarilgan qaror va farmonlar ham mening bu ishga yanada chuqurroq kirishimga imkon yaratdi. Quyonchilik haqiqiy oilaviy biznesga asos bo‘ladigan tarmoq ekan. Bir quyon aslida 120 kunda voyaga yetadi. Biz ham naslchilik, ham go‘sht yo‘nalishida parvarishlayapmiz. Go‘sht yo‘nalishida 90 kun boqilganda, bir bosh quyon 1,5 kilogram go‘sht beradi. Hozirda har kuni 500 kilogramm go‘sht mahsuloti yetishtiryapmiz. Mahsulotlar asosan shartnoma asosida turli tashkilotlarga tarqatilmoqda. Agrofirmada ayni damda 12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Ulardan 6 nafari ayollardir. Parvarishlanayotgan quyonlar doimiy ravishda veterinar nazoratida. Agrofirma tasarrufidagi qo‘shimcha 13 gektar yer maydonida ozuqa yemlari yetishtiriladi. Shu yerning o‘zida omuxta yem tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyati hamda tadbirkorning hayotiy tajribasi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Nuriddin Iminovdan kerakli javoblarni oldilar.

Shuningdek muloqot davomida yosh tadbirkor “Sharq ravon” MChJ ish boshqaruvchisi Hamidullo Qurbonov ham so‘z olib, tadbirkorlik faoliyatining boshidagi ilk qadamlar, duch kelgan qiyinchiliklar, tajriba va ko‘nikmalari, erishayotgan yutuqlari haqida yoshlarga hikoya qilib berdi.

Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning tadbirkorlik sohasiga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini oshirishda, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Zero, tadbirkorlar qancha ko‘paysa, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratiladi, aholining, ayniqsa, yoshlarning doimiy daromad manbasi paydo bo‘ladi, xalqimizning farovonligi oshadi.









Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram