Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD XONADON”, “OBOD KO‘CHA” VA “OBOD MAHALLA” MEZONLARI AMALDA
2023-09-21 13:29:36 543
Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mahalladagi mavjud 5 ta ko‘chada ichimlik suvi tarmog‘i tortilmagan xonadonlarga 2409 metr suv tarmog‘i tortish, 25 ta temir beton suv qudug‘i o‘rnatish hamda xonadonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 5,2 km ichki yo‘llar asfaltlashtirilsa, 5 ta tuproq ko‘chalarning 2,9 km qismi tosh yo‘lga aylantirilyapti.
Hududdagi 308 ta eskirgan simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish, 9 km elektr tarmog‘i tortish va 4 ta qo‘shimcha transformator o‘rnatish belgilab olinib, bu boradagi amaliy ishlarga kirishildi. Xullas qisqa muddatda Shomirza mahallasida ham “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy qilinib, mazkur qishloq har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantiriladi.