Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ BILAN MULOQOT AHOLINI QIYNAYOTGAN MASALALARGA YECHIM BO‘LMOQDA
2023-09-16 21:52:07 492
Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish – bugunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qolaversa, bu jarayon har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklab, xalq dardi bilan yashash, ularning muammolariga yechim izlashiga undaydi.
Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan Oqtepa MFY binosida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda mazkur hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Xususan, qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilib, har bir murojaat birma-bir muhokama qilindi.
Aksariyat murojaatlarda keltirilgan muammolar o‘z joyida hal etilib, murojaatchining talabi qondirildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar hamda murojaat egalariga huquqiy tushunchalar berildi.