Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEMINAR
2023-09-13 08:46:26 489
Suv tejovchi texnologiyalar yordamida sug‘orish nafaqat suv sarfi hajmini katta miqdorda iqtisod qilish, balki hosildorlikni oshirish, sarf-xarajatni esa sezilarli darajada kamaytirishga zamin yaratadi
Qo‘shtepa tumanidagi “Global Textile” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan paxta maydonlarida Isroil davlatining “Netafim irrigation” korxonasi texnologiyasi asosida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish usuli bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ekinlarni zamonaviy yondashuvlar — tomchilatib, yomg‘irlatib, umuman olganda, suv tejovchi texnologiyalar yordamida sug‘orish nafaqat suv sarfi hajmini katta miqdorda iqtisod qilish, balki hosildorlikni oshirish, sarf-xarajatni esa sezilarli darajada kamaytirishga zamin yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ekologiya barqarorligiga erishish kabi dolzarb masalalar yechimiga xizmat qiladi. Qolaversa, tejalgan yoqilg‘i, mineral o‘g‘it va ishchi kuchi boshqa sohalar rivojida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Seminar davomida yuqorida ta’kidlangan tomchilatib sug‘orish usulining afzalliklari, shuningdek paxta ekish samaradorligini oshirish bilan birga qanday qilib suv va moliya xarajatlarini kamaytirish mumkinligi mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Unda viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Ergashev, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilshodjon Kamoleddinov hamda mahalliy paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirok etdi. Tadbirda maxsus mehmon sifatida Isroilning O’zbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Gilel xonim ham qatnashdi.