Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TAJRIBALI TADBIRKOR SHAXNOZA G’ANIYEVA O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI

×

 2023-09-08 13:22:37    516

PDF yuklash
Chop etish



Tadbirkorlar bilan muloqot

Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, biznesda erishayotgan amaliy natijalari bilan viloyatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, bugun Qo‘shtepa tumanidagi 30-umuta’lim maktabida Farg‘ona shahridagi “Ibratli beka” nodavlat ta’lim muassasasi hamda “Roza-Al” xususiy korxonasi rahbari, “Shuhrat” medali sohibasi Shaxnoza G’aniyeva bilan muloqot tashkil etildi.

Tadbirkorlikka qiziqish bildirayotgan maskanning yuqori sinf o‘quvchilari  ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, yurtimizdagi ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlarga berilayotgan keng imtiyozlar borasida to‘xtalinib, bugungi kunda biznes bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar mujassamligi, tadbirkorlarning huquqlari qonun bilan kafolatlanib, ularning faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyati hamda tadbirkorning hayotiy tajribasi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Shaxnoza G’aniyevadan kerakli javoblarni oldilar.










 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram