Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RADDIYA
2023-09-07 09:57:09 253
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani hokimligi xodimlari jadval bo‘yicha navbatchilikka qo‘yilayotganligi, navbatchilik soat 8 da boshlanib, kelgusi kun soat 8 ga qadar davom etayotganligi va bu holat majburiy mehnat ekanligi haqidagi murojaat e’lon qilindi.
Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Joriy yil avgust oyi uchun tuman hokimligi xodimlaridan iborat tashkil etilgan navbatchilik jadvali loyihasi tayyorlangan, lekin tasdiqlanmagan. Shuningdek, hech kim majburiy mehnatga jalb etilmagan.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.