Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAXRIYLAR DOIMO IZZAT-HURMATDA

×

 2023-09-04 14:38:17    459

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumanida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan xayru-saxovat tadbirlari keng quloch yoygan bo‘lsa, joylarda “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan bugun Do‘rmon MFY hududidagi Kelarchi buva ziyoratgohida tumanimizda turli kasblarda ko‘p yillar mehnat qilgan, o‘z sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylar uchun shukronalik bayram tadbiri tashkil etilib, ularga hurmat-e’tibor ko‘rsatildi.

Tadbirda tumandagi sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tuman hokimi I.Novikov barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, faxriylarimizning mehnatlarini yana bir bora e’tirof etdi.

Tadbir davomida faxriylarimizga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari berildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda mustaqil yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotgan islohotlar xususida, shuningdek, bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab shukronalik tuyg‘usi bilan yashash lozimligi haqida so‘z yuritildi. Yurtimizga tinchlik-xotirjamlik va dehqonchiliklarimizga qut-baraka tilab duoga qo‘l ochildi.

 











 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram