Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA QATAG‘ON QURBONLARI YOD ETILDI
2023-09-01 20:08:22 375
Yurtimizda 2001 yildan buyon 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Ushbu sana hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida Qatag‘on qurbonlari yodga olindi.
Tuman hokim Ilyosbek Novikov hamda mas’ullar Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi Qatag‘on qurbonlarini yodga olishib, ularning xonadonlarida bo‘lishdi.
Qatag‘on qurboni Xoshimjon Xojaliyev 2005 yilda vafot etgan. Hozirda uning turmush o‘rtog‘i Matlubaxon aya besh nafar farzandi va nabiralari bilan birga istiqomat qiladi.
Tuman rahbari bugun ushbu xonadonda bo‘ldi. Ushbu oilaga bayram sovg‘asi o‘laroq oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg‘alari berildi.
Tuman mas’ullarining kutilmagan tashrifidan Matlubaxon ayaning boshi ko‘kka yetdi. Tuman hokimi Ilyosbek Novikov bilan bo‘lgan samimiy suhbatda Matlubaxon aya paxta ishi bilan ayblangan turmush o‘rtog‘i aybsiz aybdor bo‘lganligini qayta-qayta tilga oldi. Yurtimizdagi osuda hayot uchun shukronalik bildirib, yurtboshimiz haqlariga duoda bo‘ldi.
Ha, qatag‘on yillari qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz qatori, Xoshimjon Xojaliyevning xotirasi ham yod etilib, ruhi-poklariga duo qilindi.