Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM ARAFASIDA KO‘NGILLAR SHOD ETILMOQDA

×

 2023-08-29 14:40:38    431

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan xayru-saxovat tadbirlari keng quloch yoygan bo‘lsa, joylarda “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan bugun 46-umumta’lim maktabida Qoraqushchi, Katta beshkapa va Kichik beshkapa mahallasi aholisi uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Aholiga bayram dasturxoni yozilib, osh tortildi.

Tadbirda tumandagi sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tuman hokimi I.Novikov barcha ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida mahallalarning jonkuyar faollariga tuman hokimining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan tayyorlagan musqiy dastur esa barchaga birdek yuqori kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar xolidan xabar olinib, oziq-ovqatlar va osh tarqatildi.


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram