Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 7-UMUMTA’LIM MAKTABIGA YAPONIYA TA’LIM TAJRIBASI TATBIQ ETILMOQDA
2023-08-28 15:40:27 630
Joriy o‘quv yilidan viloyatimiz bo‘yicha har bir shahar va tumandan tanlab olingan bittadan maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etiladi.
Mazkur tashabbus dunyodagi zamonaviy o‘quv dasturlarini o‘rganib, yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilish bo‘yicha davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, Farg‘ona viloyati delegatsiyasining 2022 yil 5-11 dekabr kunlari Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida olib borilgan o‘rganishlar natijasida amalga oshirilmoqda.
Ta’lim sohasidagi dunyoning eng ilg‘or davlatlardan biri bo‘lgan Yaponiya tajribasini tatbiq etish uchun Qo‘shtepa tumanida 7-umumta’lim maktabi tanlab olindi.
Bugun mazkur maktabda Yaponiya ta’lim tajribasini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi I.Novikov va tuman sektorlari rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maktab pedagogik jamoasi bilan Yaponiya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari, ta’lim jarayonini tashkil etishning samarali usullari, ota-onalar va maktab hamkorligi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sinf xonalarini jihozlash borasidagi talablar haqida fikr almashildi.