Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA YANGI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MASKANI OCHILDI

×

 2023-08-24 12:17:41    427

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanida yangi Ma’naviyat va ma’rifat maskani tantanali tadbir bilan ochildi.

Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov barchani mustaqillik bayrami bilan tabriklab, Yangi O’zbekistonni bunyod etishda kuchli ma’naviyat muhim o‘rin tutishligini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida barcha tuman va shaharlarda ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish manzilli ro‘yxati tasdiqlangan edi. Farg‘ona viloyatida mazkur maskanlar soni yana bittaga ko‘paydi. Tumandagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan Ma’naviyat va ma’rifat maskanida barcha sharoitlar yaratilgan.

Maskan zamonaviy kutubxona, majlislar zali, targ‘ibot guruhi, raqs, hunarmandchilik, seminar-treninglar o‘tkazishga mo‘ljallangan va faoliyat olib borish uchun maxsus xonalardan iborat. Zaldagi ko‘rgazmali targ‘ibot vositalarida esa ma’naviy-ma’rifiy islohotlar mujassam etgan.

Tadbir ishtirokchilari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.









 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram