Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

×

 2023-08-23 17:03:15    464

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.

Ishtirokchilar press-tur davomida Yangido‘kon mahallasidagi xotin-qizlar faoli Adolatxon Akramova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva, “Oqila ayollar” harakati rahbari Davlatxon Yusupova hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari va mahalladagi faol, ibratli, har ishda barchaga namuna bo‘layotgan xotin-qizlar ham ishtirok etishdi.

Yangido‘kon mahallasidagi xotin-qizlar faoli Adolatxon Akramova aholi muammolarini “xonadonbay” va “fuqarobay” o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, mahallada ajrimlarni oldini olish, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan va nogironligi bor fuqarolarni, jumladan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda bunday oilalarga moddiy va beg‘araz yordamlar ko‘rsatilishini, jamiyatda ayollar o‘rni va mavqeini oshirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Mahallaning namunaviy xonadonlaridan biri Ziyodaxon Akramovalar xonadonida tashkil etilgan tadbirda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘la-to‘kis ko‘rsatib berildi. Mahallaning bir guruh namunali, ibratli bekalari va “Oqila ayollar” harakati a’zolariga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  Tadbir davomida shoira O’ktamxon Soliyeva, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Nilufar Ergashevalar o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berdilar. Tadbir ishtirokchilari uchun mahallaning ijodkor ayollari va jajji qizaloqlar tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi.  

Shuningdek, press-turdan so‘ng tuman hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Qo‘shtepa tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Ishtirokchilar matbuot anjumanida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi. 

 












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram