Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANDAGI 30 GA YAQIN TADBIRKORLIK SUB’EKTI RAHBARLARI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
2023-08-12 22:24:24 311
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-93-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov ishtirokida "TARGET MAX" MChJda tumandagi 30 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti rahbarlariga seminar o‘tkazildi.
Tadbirda tuman prokurori A.Xudoyberganov, hokim o‘rinbosarlari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda ma’sul tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Seminar davomida "TARGET MAX" MChJda yaratilgan imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar tashrif buyurgan tadbirkorlik sub’ektlariga tanishtirildi.
Mazkur seminar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, unda tumandagi salohiyatli tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlariga
PF-93-sonli Farmon va dasturning mazmun-mohiyati hamda berilayotgan imtiyozlar tushuntirilib, “Amaliy monomarkazlar” tashkil etilishi bo‘yicha takliflar berildi.