Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-07-25 16:56:30    230

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 60-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov olib bordi.

Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2023 yil 6 oyi davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan tumandagi sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Sessiya davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudi raisi R.Arapov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining raisi Sh.Toshmirzayev, Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi vazifasini bajaruvchisi A.Akbarov, Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining raisi S.Kurbanovlarning “Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati borasida 2023-yil 6 oyi mobaynidagi faoliyatlari yakunlari yuzasidan axborotlari ham tinglandi.

Shuningdek, Qo‘shtepa tumani prokurori A.Xudoyberganovning “2023-yilning 6 oyida qonuniylik axvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida” hamda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Mavlonovning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2023-yil 6 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobotlari tinglandi.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Z.To‘laganovning “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan”  hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i U.Mamasoliyevning “O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan 2023-yilning 6 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotlari ham tinglandi.

Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 











 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram