Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASINING 6 OYLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
2023-07-17 15:57:09 463
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tuman tibbiyot birlashmasining navbatdagi 6 oylik hisoboti bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon Yusupov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirzoxidjon Nosirov, shuningdek, birlashmaga qarashli barcha bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlari, QOP, QVP bosh vrachlari va katta hamshiralar, MFY raislari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Oybekjon Murodov olib bordi va “2023 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda 2023 yil 2-yarim yilligidagi ustuvor vazifalar” bo‘yicha hisobot berdi.