Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPALIK HOJILAR HURMAT-EHTIROM BILAN KUTIB OLINDI

×

 2023-07-13 16:54:39    202

PDF yuklash
Chop etish



Avval xabar berginimizdek, joriy yilning 9 iyun sanasida 65 nafar tumandoshimiz muborak Haj ziyoratiga yuborilgan edi. Bugun, 13 iyul kuni muborak haj safariga borib, tabarruk Ka’batullohni ziyorat qilish baxti nasib etgan hojilarimiz Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib kelishdi.

Muqaddas Makka va Madina zaminidan qaytayotgan qutlug‘ hojilar Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar, hojilarning oila a’zolari, yaqin kishilari ishtirokida hurmat-ehtirom bilan kutib olindi.

Hojilar yuzida esa Islom dinining beshinchi rukni ado etilgani fayzi, shukronalik hissi va yurt sog‘inchi ifodasi ko‘rinib turardi.

– O’zbekistonimizni dunyo mamlakatlari ichida qanchalik mustahkam obro‘-e’tiborga ega ekanligiga o‘sha yerga borganda yana bir karra guvoh bo‘ldik. Bu, bevosita muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning faoliyatlari bilan bog‘liq. Shunday davlat fuqarolari ekanligimizdan g‘ururlandik, inson qadri ulug‘langan yurtimiz istiqboli uchun duoda bo‘ldik, – deyishdi  hojilik maqomini olganlar. Ziyoratingiz qabul, duolaringiz ijobat bo‘lsin!
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram