Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2023-07-13 08:16:16 273
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan O’zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O’zbekiston Republikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori ijrosi yuzasidan Qo‘shtepa tumanidagi “O’qchi”, “O’rta O’qchi”, “Qoraqushchi”, “Katta beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati tuman bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.
O’rganish davomida ish hujjatlarining davlat tilida yuritilishi, imlo qoidalariga rioya etilishi, ichki va tashqi targ‘ibot vositalarining holati tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.