Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA EHTIYOJMANDLARGA BEPUL BUG‘DOY VA TAKRORIY EKIN UCHUN YER BERILMOQDA

×

 2023-07-05 17:04:06    456

PDF yuklash
Chop etish



 

Joriy yilgi g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazib, ulkan xirmon uyishga erishgan Qo‘shtepa tumani fermerlari hududlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga bug‘doy va xo‘jalik uchun zarur mahsulotlarni beg‘araz tarqatishib, moddiy yordam ham berishmoqda.

2023 yil g‘alla hosili yig‘imi davomida tumandagi 165 ta g‘alla yetishtiruvchi fermerlar, g‘allachilik klasterlari bilan birgalikda ehtiyojlaridan ortgan don mahsulotlarini kam ta’minlangan oilalarga yetkazib berish maqsadida xayriya tadbiri uyushtirildi.

Bugun Yangiariq MFY hududidagi “Karim ota” to‘yxonasida tumandagi 400 nafardan ziyod kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga dasturxon yozildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari saxovatpesha fermerlar hamda g‘allachilik klasterlarining ushbu ahdini e’tirof etishib, xayrli ishlar hali bardavom bo‘lishini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limining xonandalari tomonidan kontsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Tadbirdan so‘ng Qo‘shtepa Farg‘onadon filialining omborida tumandagi mavjud 51 ta MFYlar kesimida kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolarga bug‘doy mahsulotlari beg‘araz tarqatildi.

Bu yilgi g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan Qo‘shtepalik fermerlar tomonidan tumandagi 2000 ta kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga 400 tonna bug‘doy, bug‘doy somoni beg‘araz tarqatilib, takroriy ekin ekish uchun 20 sotixdan 1 gektargacha yer berilmoqda. Shuningdek, ekish ishlarida ham amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Fuqarolar ham bunday g‘amxo‘rlik va davomli e’tibor, yurtimizdagi xalqchil islohotlardan mamnunliklarini bildirishmoqda. Bunday savobli ishlar tumanimizning barcha hududlarida keng ko‘lamda davom etmoqda.

 

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram