Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMINING QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHOLISIGA TABRIGI

×

 2023-06-27 22:26:35    251

PDF yuklash
Chop etish


Aziz va qadrli Qo‘shtepaliklar!

Siz azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni bildiraman.

Asrlar davomida el-yurtimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.

Mana shunday saodatli damlarda HAJ amallarini ado etayotgan yurtdoshlarimiz, tumandoshlarimiz bugungi dorilamon kunlar uchun shukronalar aytib, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik so‘rab xayrli duolar qilmoqdalar.

Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz qadimiy va tabarruk maskanlarni, buyuk ajdodlarimizning mo‘’tabar qadamjolarini ziyorat qilib, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtojlar, qarindosh-urug‘lar, yaqinlar holidan xabar olib, ruhiy taskin, ma’naviy ozuqa oladi.

Bu qutlug‘ bayramning mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu va savob ishlar qilib yashash, o‘zaro yordam, mehr-saxovat, sabru qanoat, shukronalik, tinchlik va sog‘likni qadrlashdek ulug‘ fazilatlar bugun alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Hurmatli tumandoshlar!

Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Duogo‘y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda elu yurtimiz haqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin! Xonadonlarimizda fayzu baraka va osoyishtalik ziyoda bo‘lsin! Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yanada mustahkam va barqaror bo‘lsin! Kelasi yillarda ushbu muborak ayyomni odatdagidek kutib olish barchamizga nasib etsin!

Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram