Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AHRORJON” FERMER XO‘JALIGIDA 10 TA ISH O‘RNI YARATILGAN, MAVSUMDA ESA 100 NAFARDAN ZIYOD FUQAROLAR ISH BILAN TA’MINLANADI
2023-06-14 09:43:26 184
Qo‘shtepa tumanidagi “Langar” mahallasida istiqomat qiluvchi Adhamjon Hojiyev bundan bir necha yillar ilgari o‘zi yashaydigan hududdagi 2 gektardan ortiq yerda dehqonchilikni boshlab, olma, shaftoli, o‘rik, gilos ko‘chatlarini ekkan edi. Oradan yillar o‘tib, ko‘chatlar mo‘l hosil bera boshladi. Bugun bu yerlarda to‘kin, ko‘rkam bog‘lar paydo bo‘ldi.
– Dastlab sug‘orish va ekinlar parvarishida biroz muammolar paydo bo‘lsa-da, boshlagan ishimizni samara bilan olib borishga intilib, bog‘imizni yashnatishga, mevazorlarni kengaytirishga harakat qildik, – deydi Adhamjon Hojiyev. – Mana, natija yomon emas. Bog‘imizni ko‘rgan har qanday odamning havasi keladi.
Bugun Adhamjon Hojiyev rahbarlik qilayotgan “Ahrorjon” fermer xo‘jaligining 10 gektardan ortiq maydondagi 2000 dan ziyod daraxt ko‘chatlarida mevalar g‘arq pishdi. Bunda intensiv olma yetishtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur bog‘da ayni vaqtda 10 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Mavsumda esa 100 nafardan ziyod fuqarolar ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, mirishkorning bog‘idagi mevazorlar tagida chorva uchun beda, makkajo‘xori, sabzavot ekinlari ham ekilib, ulardan ham mo‘l hosil olinadi.
Mevalar asosan Rossiyaga eksport qilinmoqda. O’z navbatida, ichki bozorga ham doimiy yetkazib berilmoqda. Bog‘dorchilikdan tushgan daromad evaziga Adhamjon Hojiyev tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirmoqda. Ya’ni u g‘isht ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydi va aholi uchun yangi ishchi o‘rinlari yaratdi. Kelgusida chorvachilikni rivojlantirish, aholiga sut mahsulotlarini yetkazib berish ham rejalashtirilgan.