Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#SEMINAR
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/29fb8227e669a71ed776b.jpg)
2023-05-20 07:08:30 139
![](https://telegra.ph/file/29fb8227e669a71ed776b.jpg)
Qo‘shtepa tumanidagi "Yoshlar markazida" tumanda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi D.G’ofurova, viloyat bosh otinoyisi X.Komilova, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Yuldasheva, tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Yusupova, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova va otinoyilar ishtirok etdilar.
Seminar so‘ngida jamoat ishlaridagi faol ishtirok etgan otinoyilar tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.